Umumiy oʻrta taʼlimda baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha onlayn uchrashuv o‘tkazildi

06.02.2026

Joriy yilning 6-fevral kuni “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” Smart-ED qo‘shma loyihasi doirasida navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi. 

Unda YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Cambridge University Press & Assessment, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi ekspertlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ekspertlar tomonidan ishlab chiqilayotgan “Umumiy oʻrta taʼlimda milliy baholash konsepsiyasi” loyihasining umumiy tuzilmasi va yozilgan boblarning joriy holati ko‘rib chiqildi. 

Kelgusidagi ish rejasi, metodologik yondashuvlar hamda xalqaro baholash tajribalarini milliу tizimga integratsiya qilish bo‘yicha takliflar o‘rtaga tashlandi.

Muhokamalar yakunida milliy baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.