Sayt test rejimda ishlamoqda

Taʼlimda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

05.09.2025

Joriy yilning 5-sentyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Qohiraning Helvan universiteti taʼlim texnologiyalari boʻyicha dotsenti,  "Beijing Normal University"ning "Smart learning" instituti tadqiqotchisi Dr. Ahmed Hosny bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda oʻzaro hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, maʼlumotlarni tahlil qilish hamda ilmiy natijalarni xalqaro miqyosda chop etish strategiyalari boʻyicha ham fikr almashildi.

Shuningdek, taʼlimda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish, sohada sunʼiy intellekt imkoniyatlarini rivojlantirishga doir qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida muhokamalar davomida koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.