
Joriy yilning 5-may kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan maktablarda filologiya yo‘nalishida dars beradigan pedagoglar uchun “Meet up” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikaning turli hududlaridan 700 nafardan ortiq pedagog ishtirok etdi.

Onlayn shaklda, erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchisi Oysuluv Musulmonqulova tomonidan “O‘quvchilarning lateral-kreativ tafakkurini rivojlantirish” mavzusida nazariy va amaliy maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, Jizzax viloyati Forish tumani 15-maktabning oliy toifali ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Go‘zal Muxtorova “Badiiy asarlarni tahlil qilishda aniqlash metodidan samarali foydalanish usullari” mavzusida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.