Informatika va aniq fanlar ta’limida raqamli platformalar va sun’iy intellekt imkoniyatlari muhokama qilindi

05.03.2026

Joriy yilning 5-mart kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan pedagoglar uchun “Innovatsion ta’lim: hamkorlik va tajriba almashish” turkumidagi navbatdagi onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi informatika va axborot texnologiyalari fani metodisti Soliyeva Moxigul Xayridinovna tomonidan “Informatika darslarida STEAM yondashuv asosida sun’iy intellektni tadbiq etish” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, Buxoro viloyati Shofirkon tumani 18-umumta’lim maktabi informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Xayrullayeva Gulhayo Shavkat qizi “Aniq fanlarni o‘qitishda Genially platformasining didaktik imkoniyatlari” mavzusida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Onlayn muloqot jarayonida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’limda samarali foydalanish, interaktiv platformalar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish hamda dars jarayonini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.