
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi huzuridagi “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim ishtirokchilari uchun ishlab chiqilgan yangi qo‘llanmalar ko‘rib chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha jarayonlarni takomillashtirish va bu kabi muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olindi.