
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan e’lon qilingan Psixologiya bo‘yicha eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar respublika tanlovi doirasida ishlarni baholash jarayoni bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Hozirda baholash komissiyasi tomonidan tanlovga topshirilgan materiallar chuqur tahlil qilinmoqda.
Xususan, tanlov nizomi talablariga muvofiqligi bo‘yicha birlamchi saralashdan 83 ta ish muvaffaqiyatli o‘tib, ular ishchi guruh vakillari tomonidan batafsil ekspertizadan o‘tkazilmoqda.

Ta’kidlash lozim, tanlov g‘oliblari 2025-yil 10-dekabr kuni e’lon qilinadi. Ular diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi o‘quv-uslubiy resurslar esa ta’lim jarayoniga keng joriy etish uchun ommalashtiriladi.