Buxoroda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida ta’lim tashkilotlari psixologlari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

05.02.2026

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida hududlarda “Ta’limda psixologik farovonlikni birga yaratamiz” shiori ostida o‘quv-seminarlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Navbatdagi o‘quv-seminari joriy yilning 4-fevral kuni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumta’lim maktablari psixologlari faol ishtirok etdilar. 

Art-terapiya metodlari (ertak, qum art terapiyasi, ijodiy amaliyot) mavzusidagi mashg‘ulotlar maktab va oliy ta’lim psixologlari uchun O‘zDJTU xotin-qizlar psixologi Bo‘stonova Shahzoda Hasanboy qizi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun esa Buxoro shahri 6-DMTT psixologi Odilova Dildora Rustam qizi tomonidan olib borildi.

Mazkur seminar doirasida ta’lim jarayoni ishtirokchilarini samarali psixologik qo‘llab-quvvatlash, zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam ko‘rsatish, bulling, suisid, voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan interaktiv usullarni o‘rganish, o‘qituvchilarning kasbiy so‘nishining oldini olish, stresslarga bardoshlilik darajasini oshiruvchi simulyator va keyslar bilan ishlash kabi muhim yo‘nalishlar qamrab olindi.

Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.