
Joriy yilning 3-dekabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan tabiiy fanlar yo‘nalishi o‘qituvchilari uchun “Innovatsion ta’lim: hamkorlik va tajriba almashish” mavzusida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida oʻtgan tadbirda Buxoro viloyati Pedagogik mahorat markazi kimyo fani metodisti Muhabbat Jo‘rayeva “Kimyo fanini o‘qitishda raqamli platformadan foydalanish” mavzusida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi hamda bir qator nazariy va amaliy maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, tadbirda kimyo darslarida zamonaviy raqamli vositalarni qo‘llash, ta’lim jarayonini interaktiv tashkil etish orqali o‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.