Joriy yilning 2-iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi 48-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamkorligida “Kichik qadamlar — katta o‘zgarishlar: bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish” mavzusida amaliy trening tashkil etildi.


Trening davomida ishtirokchilar ekologik tarbiyani maktabgacha yoshdagi bolalarga sodda va qiziqarli usullarda yetkazish, ekologik muhit yaratish, Storytelling metodidan foydalanish hamda interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha amaliy master-klasslarda ishtirok etdilar.


Trening yakunida Namangan viloyati trenerlari o‘zlarining amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ishtirokchilarga olingan bilim va ko‘nikmalarni hududlardagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga kaskad usulida yetkazish, pedagoglarga metodik ko‘mak berish hamda ekologik tarbiya bo‘yicha samarali yondashuvlarni keng ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berildi.