DSc doktoranti va mustaqil tadqiqotchilari uchun 2-yilga mo‘ljallangan 12 oylik yakka tartibdagi reja

03.02.2026

Mazkur yakka tartibdagi reja DSc darajasiga doktoranti va mustaqil tadqiqotchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini 2-yilda strategik va tizimli tashkil etish, dissertatsiya tadqiqotini chuqurlashtirish hamda yuqori darajadagi ilmiy natijalarni xalqaro va respublika miqyosida e’lon qilishga qaratilgan. Reja doirasida empirik va tahliliy ishlarni yakunlash, dissertatsiya boblarini mukammallashtirish hamda yakuniy (3-yil) himoya bosqichiga puxta tayyorgarlik ko‘rish nazarda tutiladi.

Rejaning asosiy maqsad va vazifalari

  • dissertatsiya tadqiqotining ilmiy va metodologik asoslarini chuqurlashtirish;
  • empirik, tahliliy va modellash ishlari orqali yangi ilmiy natijalarni olish;
  • xorijiy va mahalliy nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirish;
  • ilmiy seminar va konferensiyalar orqali natijalarni muhokamadan o‘tkazish;
  • dissertatsiya boblarini integratsiyalash va umumiy ilmiy mantiqqa keltirish.

 

2-yil uchun 12 oylik kalendar-reja

 

Oy

Asosiy faoliyat yo‘nalishi

Amalga oshiriladigan ishlar

Kutilayotgan natija

Yanvar

Strategik rejalashtirish

Yakka tartibdagi reja va kalendar grafikni ilmiy konsultant bilan kelishish;

1-yilda bajarilgan ishlarni tanqidiy tahlil qilish;

2-yil empirik, tahliliy va nashr ishlarini aniqlashtirish;

xorijiy jurnallar strategiyasini belgilash;

seminar va konferensiyalar jadvalini tasdiqlash

Tasdiqlangan strategik reja

Fevral

Empirik va metodik chuqurlashtirish

Empirik ma’lumotlar bazasini takomillashtirish;

indikatorlar tizimini aniqlashtirish;

3-bob metodikasini qayta ishlash;

xorijiy maqola-1 uchun nazariy va metodologik asoslarni yozish

Takomillashtirilgan metodik asos

Mart

Asosiy tahlil bosqichi

Murakkab statistik va modellash tahlillarini amalga oshirish;

jadval va diagrammalar tayyorlash;

3-bobni 40–50 % ga yetkazish;

xorijiy maqola-1ning natijalar va muhokama bo‘limlarini yozish

Tahliliy ilmiy natijalar

Aprel

Ilmiy seminar va ekspertiza

Dissertatsiya natijalari bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkazish;

muhokama asosida natijalarni aniqlashtirish;

3-bobni 60 % ga yetkazish;

xorijiy maqolaning dastlabki to‘liq variantini tayyorlash

Ekspertiza o‘tkazilgan natijalar

May

Maqolalar va konferensiyalar

Xorijiy maqolani jurnal talablariga moslashtirish va topshirish;

ikkinchi maqola konturini ishlab chiqish;

konferensiya tezisini tayyorlash va topshirish;

3-bobni 70 % ga yetkazish

Maqola yuborilishi va tezislar

Iyun

Yarim yillik monitoring

Yarim yillik hisobot tayyorlash;

reja bajarilishi dalillarini jamlash;

xorijiy maqola bo‘yicha tahririy jarayonlarni kuzatish;

3-bobni deyarli yakunlash;

umumlashtiruvchi bo‘lim konsepsiyasini ishlab chiqish

Monitoringdan muvaffaqiyatli o‘tish

Iyul

Amaliy mexanizmlar

Ilmiy-amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish;

3-bobni yakunlash;

2-maqola draftini yozish;

ilmiy konsultant bilan tahrir va muhokama;

umumiy xulosalar konturini tayyorlash

Amaliy takliflar majmuasi

Avgust

Nashrlar va uyg‘unlik

2-maqolani jurnalga topshirish;

boblararo mantiqiy uyg‘unlikni mustahkamlash;

plagiat va iqtiboslar bo‘yicha tayyorgarlik;

konferensiyaga tayyorgarlikni yakunlash

Integratsiyalashgan dissertatsiya

Sentabr

Natijalarni tarqatish

Ilmiy natijalarni umumlashtirish;

maqolalar bo‘yicha tahririy izohlarga javob berish;

konferensiyada ma’ruza qilish;

natijalarni umumiy xulosalar bilan bog‘lash

Ilmiy natijalar ommalashtirilishi

Oktabr

Dissertatsiyani integratsiyalash

Dissertatsiya matnini yagona ilmiy mantiqqa keltirish;

kirish va xulosalarni qayta ishlash;

yakuniy seminar o‘tkazish;

nashrlar bilan dissertatsiyani uyg‘unlashtirish

Yaxlit dissertatsiya matni

Noyabr

Yil yakuni ilmiy paketi

Maqolalarni qabul qilinish/chop etilish bosqichiga olib kelish;

2-yil yakuniy hisobotini tayyorlash;

dissertatsiya boblarini 90–95 % ga yetkazish;

3-yil himoya strategiyasini ishlab chiqish

Yakuniy ilmiy paket

Mazkur 12 oylik yakka tartibdagi reja DSc darajasiga doktoranti va mustaqil tadqiqotchilarining 2-yildagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuqori ilmiy darajada tashkil etish, dissertatsiyani metodologik va mazmunan mukammallashtirish hamda yakuniy himoya bosqichiga tizimli tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.