Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy metodik markazi vakillari taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor tajribalar bilan tanishish, hamkorlik munosabatlarini institutsional darajada mustahkamlash hamda ilmiy-amaliy muloqotni kengaytirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahrida bo‘lib qaytdi.

Mazkur jarayonda Ta’limni rivojlantirish markazi va Qozogʻiston Respublikasi “Orleu” pedagog xodimlar malakasini oshirish milliy markazining Turkiston viloyati boʻyicha boʻlimi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi:
– pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
– qoʻshma oʻquv-seminarlar va ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish;
– ilgʻor pedagogik tajribalar va metodik resurslar almashinuvi;
– qoʻshma loyiha va dasturlarni ishlab chiqish.

Ta’kidlash lozim, mazkur hujjat qoʻshma taʼlim loyihalarini amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratadi.