
Joriy yilning 2-fevral Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida hamkorlikning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi:

– tadqiqot faoliyatlarini birgalikda olib borish, o‘zaro bilim va kadrlar almashinuvini tizimli yo‘lga qo‘yish;
– o‘zaro hamkorlikda anjumanlar, xalqaro forumlar, seminarlar va akademik yig‘ilishlarni tashkil etish;
– o‘quvchi-talabalarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish.

Ta’kidlash lozim, mazkur hujjat tomonlar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-metodik bazani mustahkamlash va zamonaviy yondashuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.