
Joriy yilning 1-may kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Oʻzbekistondagi Erasmus+ milliy ofisi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, tomonlar o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldi:

— ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari, axborot kunlari va boshqa tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish;
— Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan hamda rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot almashish;
— pedagogika sohasidagi yangi loyihalar doirasida maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
— Erasmus+ loyihalari doirasida ishlab chiqilgan metodologiyalar, ta’lim texnologiyalari va yondashuvlarni milliy ta’lim amaliyotiga joriy etishga ko‘maklashish;
— o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish.

Mazkur memorandum xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ilg‘or amaliyotlarini milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
