Sayt test rejimda ishlamoqda

“Boshlangʻich taʼlim pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish va 4K modeli asosida sifatli oʻqitish usullari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi

27.03.2024


Prezidentimizning 2024-yil 2-fevraldagi 54-son qaroriga asosan faoliyati takomillashtiriladigan muassasalardan biri sifatida Uchtepa tumanidagi 129-maktab Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markaziga biriktirilgani haqida xabar bergan edik.



Joriy yilning 24-fevral kuni ushbu maktabda boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun “Boshlangʻich taʼlim pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirish va 4K modeli asosida sifatli oʻqitish usullari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi.



Ushbu tadbirda tuman maktablaridagi boshlangʻich sinf oʻqituvchilari, metod birlashma rahbarlari, maktab pedagog jamoasi ishtirok etdi.


Treningda taʼlim-tarbiya jarayonlari sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan muammolar hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar bo‘yicha fikr almashildi.