Joriy yilning 13-noyabr kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi hamkorligida “Zamonaviy kasblar” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.
Seminar davomida oʻquvchilar Mehnat bozoriga kirib kelayotgan zamonaviy kasblar bilan tanishtirildi.
Bundan tashqari Respublika tashxis markazi tomonidan oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida tashkil qilingan “Kasbim kelajagim” onlayn platformasida ishlash yuzasidan amaliy tavsiyalar berib o'tildi.
Oʻquvchilarning zamonaviy kasblar yuzasidan barcha qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.