Joriy yilning 17-fevral kuni “Tasviriy sanʼat va chizmachilik” fanlari ilmiy-metodik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda olimlar, yetakchi metodistlar va amaliyotchi oʻqituvchilar umumtaʼlim maktablarining Milliy oʻquv dasturi asosida takomillashtirilgan 5-sinf “Tasviriy sanʼat” fani darsligining oʻquv dasturini muhokama qilishdi.
Kengash aʼzolari tomonidan yangi oʻquv dasturida tasviriy sanʼat fanining maqsad va vazifalari, mazmunini yanada takomillashtirish boʻyicha qator takliflar oʻrtaga tashlandi.
Mualliflar ushbu dasturlarning avvalgilardan ustun jihatlari, kompetensiyalarni baholashga alohida eʼtibor qaratilayotgani, qadriyatlarni rivojlantirish, STEAM fanlari bilan, xususan matematika va “Science” texnologiyalariga integratsiya qilinganini taʼkidlashdi.
Yangi dasturlar oʻquvchilarda 4K va 21 asr koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilganligi bilan birgalikda, milliy va madaniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilganini maʼlum qilishdi.