Joriy yilning 19-iyul kuni Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy metodik markazida “Ta’lim sohasini rivojlantirishda Hindiston tajribasi” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
Shu yilning iyul oyida markaz boʻlim boʻshligʻi Rashid Tojiboyev Hindistonning Mumbay shahrida “Oliy taʼlimda boshqaruv” mavzusida malaka oshirish kursida ishtirok etib qaytgan edi.
Seminar davomida markaz bo‘lim boshlig‘i Rashid Tojiboyev tomonidan Hindiston ta'lim tizimining o'ziga xos jihatlari, mamlakat milliy ta'lim siyosati hamda ITEC dasturidan olingan xulosalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Ma’lumot uchun, Hindiston hukumatining Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Hindiston texnik va iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (ITEC) tomonidan oʻtkazilgan ushbu dasturda dunyoning 25 davlatidan taklif qilingan 30 nafar taʼlim sohasi mutaxassislari ishtirok etgan.