Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati direktorlar kengashi a’zolari uchun “Ta’lim sifatini baholash mexanizmini xalqaro dasturlar talablari asosida takomillashtirish” mavzusida onlayn seminar tashkil etildi.
Seminarda PISA va PIRLS xalqaro tadqiqotlari, tadqiqotlarda o‘qish savodxonligini baholash tasnifi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ushbu Xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekistonning ishtiroki va unda qayd etilgan natijalar yuzasidan ham o‘zaro fikr almashildi.