Sayt test rejimda ishlamoqda

“Qishda qushlarga koʻmak” nomli tadbir tashkil etildi

20.11.2024



Joriy yilning 20-noyabr kuni Uchtepa tumanidagi 129-maktabda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Uchtepa tumani hokimligi hamkorligida “Qishda qushlarga koʻmak” nomli tadbir tashkil etildi.



Tadbirda maktab oʻqituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad oʻquvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish, balki ularni atrof-muhitni asrashga boʻlgan masʼuliyatini oshirish hisoblanadi. 



Bolalarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tadbir doirasida maktabning 1–7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida tashlandiq materiallardan qush uyalarini yasash bo‘yicha ijodiy tanlov ham oʻtkazildi.



Tanlov natijasida eng yaxshi deb topilgan 3 ta loyiha g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.