Joriy yilning 1-may kuni Uchtepa tumanidagi 129-maktabda “Pedagoglarning sifatli ta’lim berishidagi ijobiy omillar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Ta’limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi vakillari hamda maktab pedagogic jamoasi ishtirok etdi.
Trening davomida ishtirokchilarga stressli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda vaziyatlarni boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va boshqarish metodlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.