Joriy yilning13-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “PISA xalqaro baholash dasturida matematik savodxonlik” mavzusidagi amaliy-seminar tashkil etildi.
Onlayn shaklda, erkin muloqot va faol bahs-munozaralar ruhida o‘tgan tadbirda respublikaning turli hududlaridan 300 nafardan ortiq pedagoglar ishtirok etdi.
Seminar davomida Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti vakili tomonidan PISA xalqaro baholash tadqiqotlaridagi matematik savodxonlik bo‘yicha topshiriqlar tahlili yuzasidan atroflicha va batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, pedagoglarga o‘quv jarayonida interaktiv metodlarni qo‘llash bo‘yicha mahorat darsi ham tashkil etilib, pedagoglarga amaliy ko‘nikmalar ham berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.