Sayt test rejimda ishlamoqda

“PIRLS xalqaro tadqiqotini butun dunyo boʻylab sinflarda qoʻllash” mavzusida seminar tashkil etildi

21.12.2024


Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda “PIRLS xalqaro tadqiqotini butun dunyo boʻylab sinflarda qoʻllash” mavzusida seminar tashkil etildi. 



Tadbir davomida PIRLS xalqaro tadqiqotlari misolida oʻqish koʻnikmalarini baholash usullari, matnlarni tahlil qilish va savollarda tuzilgan asosiy yondashuvlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. 


Shuningdek, ishtirokchilarga matnlarni tushunish darajasini va ularni talqin qilish yondashuvlarini aniq baholashga imkon beradigan amaliy vazifalar bilan birga taqdim etildi.



Trening yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.