Sayt test rejimda ishlamoqda

“O‘qitish amaliyotida idrok bo‘shlig‘ini to‘ldirish” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi

21.09.2024


Joriy yilning 21-sentyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda boshlang‘ich ta’lim pedagoglarining informatika va axborot texnologiyalari fanidan salohiyatini oshirish maqsadida “O‘qitish amaliyotida idrok bo‘shlig‘ini to‘ldirish” mavzusidagi seminar-trening o‘tkazildi.



Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Uchtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tadbirda pedagoglarning raqamli kompetentligini rivojlantirish, boshlang’ich sinflarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o’qitish metodikasi, boshlang‘ich sinflarda oʻquvchiga yoʻnaltirilgan taʼlim yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.



Qiziqarli va bahs munozaralarga boy tarzda o‘tkazilgan seminar-trening yakunida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.