Joriy yilning 4-5-mart kunlari Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida manfaatdor tashkilot vakillari uchun xalqaro tajribalar asosida “Oʻzbekistonda taʼlim tizimi uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash konsepsiyasi” loyihasini ishlab chiqish boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad xalqaro tajribalar bilan oʻrtoqlashish orqali o‘zida taʼlim sifatini taʼminlashga qaratilgan koʻnikmalar va qadriyatlarni aks ettirgan konsepsiya loyihasini ishlab chiqish hisoblanadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va YUNISEF bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir YUNISEFning taʼlim boʻyicha xalqaro eksperti Metyu Goldie-Skott tomonidan olib borildi.
Muhokamalar davomida maktab-professional ta’lim-oliy ta’lim tizimida uzviylik va uzluksizlikni takomillashtirish hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Qizg‘in va bahs munozaralarga boy tarzda o‘tgan tadbir yakunida ishtirokchilarga tegishli sertifikatlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbirda ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirishga kelishib olindi.