Joriy yilning 7-iyun kuni poytaxtimizdagi Hyatt Regency mehmonxonasida “Muvaffaqiyatli islohotlar — yuqori natijalar” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi mutasaddilari ham ishtirok etishdi.
Tadbirga shuningdek, mamlakatimizdagi 100 nafardan ortiq tanlangan tajribali maktab direktorlari hamda 300 nafarga yaqin ustozlar hamda metodistlari ham jalb qilingan.
Konferensiyaning ochilish marosimida dastlab “Marshal Cavendish Education” eksperti Charles Chyu zamonaviy metodikalar, maktablarda ta’lim muhitini yaxshilash haqida taqdimot qildi.
Bundan tashqari, singapurlik ekspert Attaju Kanan Ramdasning ta’limda sun’iy intellektdan foydalanish haqidagi taqdimoti bilan davom etdi.
Ta’kidlash lozim, mazkur konferensiya orqali Oʻzbekistonning xalqaro baholash dasturlaridagi ishtirokini taʼminlash hamda tadqiqot natijalari asosida taʼlim sifatini oshirish, jahondagi taʼlimda kechayotgan tendensiyalar, XXI asrda maktab rahbarlari va oʻqituvchilar malakasini oshirishning muhim jihatlari, taʼlim berish va oʻrganishda sunʼiy intellekt (AI)dan foydalanishga doir masalalar yuzasidan tajriba almashish maqsad qilingan.