Sayt test rejimda ishlamoqda

“Musiqa madaniyati” fani oʻquv dasturi muhokama qilindi

03.05.2024


Joriy yilning 3-may kuni Respublika ta’lim markazida “Musiqa madaniyati” fani bo‘yicha Ilmiy-metodik kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 


Tadbir davomida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari, Respublika ta’lim markazi metodistlari, olimlar, metodistlar va amaliyotchi oʻqituvchilar ishtirokida umumtaʼlim maktablarining "Musiqa madaniyati" fanidan oʻquv dasturini takomillashtirishga doir masalalar muhokama qilindi. 



Xususan, kengash aʼzolari tomonidan yangi oʻquv dasturida mazkur fanning maqsad va vazifalari, mazmunini yanada takomillashtirish boʻyicha qator takliflar oʻrtaga tashlandi. 


Shuningdek, ushbu dasturning avvalgilardan ustun jihatlari, kompetensiyalarni baholashga alohida eʼtibor qaratilayotgani, qadriyatlarni rivojlantirish, STEAM fanlari bilan integratsiya qilingani taʼkidlandi. 



Bundan tashqari, yig‘ilish davomida yangi dasturlar oʻquvchilarda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilganligi bilan birgalikda, milliy va madaniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilganligiga ham to‘xtalib o‘tildi. 


Tadbir yakunida ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha muloqot va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.