Sayt test rejimda ishlamoqda

“Maktabda yangi baholash tartibining amaliy tatbiqi: muammolar va yechimlar mavzusida” seminar-trening tashkil etildi

13.11.2024


Joriy yilning 8-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublik ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda pedagoglar uchun “Maktabda yangi baholash tartibining amaliy tatbiqi: muammolar va yechimlar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.



Tadbir davomida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholashning yangi tartibi, formativ va summativ baholash, formativ baholash metod va texnologiyalar, summativ baholash shakllari va imtihon jarayonlarini tashkil etish tartibi haqida ma’lumotlar berildi.


Shuningdek, o‘qituvchilarga yangi baholash tartibini amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, o‘quvchilarda imtihon topshirish madaniyatini shakllantirish hamda o‘qituvchilarda baholash savodxonligini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi. 



Seminar-trening davomida o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi hamda maktabda ta’lim sifatini baholash va monitoring tizimini yaxshilash sohasida markaz tomonidan ilmiy-metodik yordam berilishiga kelishib olindi.