Sayt test rejimda ishlamoqda

“Mahalliy taʼlim guruhi”ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

01.08.2023

Joriy yilning 14-iyul kuni milliy va xalqaro hamkor tashkilotlardan iborat “Mahalliy taʼlim guruhi”ning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. 



Unda Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Islom taraqqiyot banki, Jahon banki, YUNISEF, YUNESKO hamda boshqa tashkilotlarning vakillari bilan O‘zbekistonda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan loyihalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.



Tadbir avvalida TRM direktori Vohid Xamidov Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshirishda xalqaro moliyaviy institutlarning yordami juda muhimligini taʼkidlab, ular ajratgan grant mablagʻlarini maqsadli sarflash va ko‘zlangan natijalarga erishish uchun xalqaro va mahalliy hamkor tashkilotlar birgalikda harakat qilishi zarurligini ham maʼlum qildi.





Uchrashuv davomida hamkorlar ta’lim sohasini rivojlantirish bo‘yicha yangi dastur va tashabbuslari bilan o‘rtoqlashishdi va o‘zaro savol-javoblarda faol ishtirok etishdi.


Tadbir soʻnggida “Mahalliy taʼlim guruhi” aʼzolari muhokama qilingan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.