Sayt test rejimda ishlamoqda

“Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

12.10.2024


Joriy yilning 11-12-oktyabr kunlari Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatining 10-yilligiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazilmoqda.




Anjuman ochilish marosimida Sport vaziri oʻrinbosari Shaxrillo Maxmudov, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi direktori v.v.b Yuliya Risyukova, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, Perm ijtimoiy-pedagogika universiteti, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani oʻrinbosari Yelena Starkova, Belarus davlat qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Oleg Lutsevig, Belarus Olimpiya akademiyasi vakili Natalya Aponchuk, OʻzDJTSU professori Beak Mun-Jon va boshqalar ishtirok etdi.






Konferensiya doirasida institutning mini-futbol maydonchasi hamda universal sport maydoni ochilish marosimi oʻtkazildi hamda oʻquv adabiyotlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.


Koʻrgazmada 293 dona adabiyotlar, xususan 171 ta xorijiy, 102 ta institutning professor-oʻqituvchilari tomonidan yaratilgan oʻquv adabiyotlari hamda namunaviy dasturlar, shu jumladan 30 ta yangi nashrdan chiqqan adabiyotlar namoyish etildi.



Bugun, 12-oktyabr kuni konferensiya shoʻba yigʻilishlari davom etmoqda.