Joriy yilning 28-oktyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Uchtepa tumanidagi 129-maktabda “Innovatsion taʼlim texnologiyalari va vositalari” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma taqdimotiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Unda Ta’limni rivojlantirish markazi xodimlari hamda maktabning amaliyotchi o‘qituvchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida qo‘llanmaning ta’lim jarayonlarida sifat va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishdagi ahamiyati hamda dars jarayonlariga interaktiv ta’lim texnologiyalarini joriy etishdagi o‘rniga to‘xtalib o‘tildi.
Taqdimot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.