Sayt test rejimda ishlamoqda

“Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirish” mavzusida seminar oʻtkazildi

13.02.2024

Joriy yilning 13-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamkorligida Bektemir tumanidagi 290-sonli umumtaʼlim maktabida “Inklyuziv taʼlimni rivojlantirish va pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirish” mavzusidagi seminar oʻtkazildi.



Seminar avvalida maktab direktori inklyuziv taʼlimni toʻgʻri tashkil etish va maktabning bugungi yutuqlari boʻyicha taqdimot qildi. Taʼkidlash joizki, mazkur maktabda uch yildan buyon inklyuziv sinf faoliyat koʻrsatib kelmoqda.



Mutaxassislar tomonidan inklyuziv taʼlim sinfi darsi tahlil qilinib, taklif va tavsiyalar berildi, shuningdek, oʻquvchilarning taʼlimga koʻproq qiziqtirish boʻyicha pedagoglarga metodik yordam koʻrsatildi. Bundan tashqari, inklyuziv taʼlim sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan maktab rahbariyati, pedagoglar hamda ota-onalar fikri oʻrganildi.



Seminar ishtirokchilarining xulosalari asosida ishlab chiqiladigan yakuniy tavsiyalar respublikamizdagi inklyuziv taʼlim yoʻnalishini zamonaviy standartlar darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.


Mazkur maktab oʻqituvchilari markaz tomonidan joriy yilning 4-10-yanvar kunlari oʻtkazilgan “Metodik marafon”da trener sifatida ishtirok etishgan. Marafon doirasida ular inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishgan edi.




Ushbu oʻqituvchilarga “Metodik marafon”dagi faol ishtiroki uchun Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari tomonidan sertifikatlar topshirildi.