Sayt test rejimda ishlamoqda

“IBRO-2025: Aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar tashkil etildi

17.03.2025


Joriy yilning 17-mart kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida “IBRO-2025: aniq fanlar sohasida iqtidorli yoshlarni kashf etish” mavzusidagi seminar tashkil etildi.



Tadbirdan ko‘zlangan maqsad umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish uchun fan olimpiadasini tashkil qilish, shuningdek taʼlimni rivojlantirishda turli yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada takomillashtirish hisoblanadi.



Seminar davomida IBRO-2025 – Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasining o‘tkazilish tartibi, unda tushadigan test savollari darajasi hamda olimpiadani o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan raqamli platforma haqida atroflicha maʼlumot berildi.



Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.