Joriy yilning 25-aprel kuni Toshkent shahridagi 129-maktabda “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovlari tartibi va xorijda taʼlim olish imkoniyatlari" mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida Jamgʻarmaning ochiq stipendiya tanlovi shartlari, tartibi, ustuvor taʼlim yoʻnalishlari, tanlovni tashkil etish mexanizmi va elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi kabi masalalar yuzasidan taqdimotlar oʻtkazildi.
Tadbir yakunida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar. Shuningdek, til bilish koʻnikmalarini yaxshilash va xorijiy tillarni samarali oʻrganish boʻyicha foydali tavsiyalar ham berildi.
Mazkur seminar yoshlarning xorijda taʼlim olishga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qiladi va yurtimizda malakali kadrlar tayyorlashda oʻz hissasini qoʻshadi.