Joriy yilning 23-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan Yashnobod tumani 339-maktabda “Amaliy fanlarning zamonaviy taʼlimda oʻrni” seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida o‘qituvchilar tasviriy sanʼat, texnologiya, musiqa madaniyati fanlar bo‘yicha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchilari, Respublika taʼlim markazi metodistlari, amaliyotchi o‘qituvchilari tomonidan pedagoglarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Xususan, tasviriy sanʼat fanidan darsliklarda milliylik, kreativlik va ijodkorlikning mujassamligi, qogʻoz plastikasi, texnologiya fanidan oʻqitishni takomillashtirish metodikalari, jihozlardan samarali foydalanib amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish, hamda musiqa madaniyati fanidan ushbu fanni o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari, o‘quvchilarda estetik hissiyot, axloqiy qadriyatlar, jamoaviy ishlash va ijodkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Jarayonlar yakunida pedagoglar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.